«qum va changli bo‘ron» tegli maqolalar


“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri
15 noyabr 2023, 21:16

“O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir” — ekologiya vaziri

O‘zbekiston uchun kuchayib borayotgan qum va chang bo‘ronlari muammosi har qachongidan ham dolzarbdir, dedi ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov. Shuningdek, Markaziy Osiyo va Xitoy bugungi kunda atmosferaga chang chiqarish bo‘yicha dunyoda ikkinchi o‘rinda ekani ma’lum qilindi.

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda
9 iyun 2023, 15:40

Surxondaryoda chang bo‘ronlari kuzatilmoqda

Termiz shahri va Surxondaryoning qator tumanlarida chang bo‘ronlari kuzatilmoqda. Viloyat FVB shamol paytida ehtiyot choralarini ko‘rishga chaqirdi.

Iroqdagi chang bo‘roni sababli maktab, aeroport va hukumat idoralari yopildi
17 may 2022, 17:57

Iroqdagi chang bo‘roni sababli maktab, aeroport va hukumat idoralari yopildi

16 may kuni Iroq poytaxti Bag‘dod va bir qator viloyatlarni so‘nggi bir oydagi sakkizinchi chang-qum bo‘roni qopladi. Rasmiylar maktablar, aeroportlar va davlat idoralarini yopib qo‘ydi, minglab kishilar nafas qisishi shikoyati bilan kasalxonalarga murojaat qilishdi.

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti
21 dekabr 2021, 22:00

21 dekabr kuni O‘zbekistonda sodir bo‘lgan eng muhim xabarlar dayjesti

Orol dengizining kuni kutayotgan Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi, «Shovotlandiya» kafesini yoqib yuborgani uchun butun umrga qamalgan shaxslar, changli bo‘ron kuzatilayotgan Qarshi, avtomobillarni chaqirib olayotgan UzAuto Motors, Qibrayda qariyb 14 gektar yerni 3,4 mln dollarga sotmoqchi bo‘lganlar, totalizatorlar faoliyatiga qarshi Ruslanbek Davletov, bloklangan Twitter post e’lon qilayotgan Tanzila Narbayeva, O‘zbekistonlagi rahbarlarning mutaxassisligi va karera yo‘li — «Gazeta.uz» ning 21 dekabrdagi eng muhim xabarlari dayjestida.

O‘zgidromet Toshkentda iflos qor yog‘gani sababini tushuntirdi
17 noyabr 2021, 14:57

O‘zgidromet Toshkentda iflos qor yog‘gani sababini tushuntirdi

Chorshanba kuni erta tongda poytaxtda iflos qor yog‘di. O‘zgidromet bunga 4 noyabrda Qozog‘iston janubida va 16 noyabrda Buxoro viloyatida kuzatilgan qum bo‘ronlari sabab bo‘lganini ma’lum qildi. Shuningdek, bu inson salomatligiga ziyon yetkazmasligi aytilmoqda.

Chang bo‘roni saboqlari
13 noyabr 2021, 12:41

Chang bo‘roni saboqlari

Changli tuman tarqaldi, lekin hayot sifati va davomiyligi bevosita bog‘liq bo‘lgan havo sifati yaxshilandimi? Daraxtlarni muntazam kesish allaqachon iqtisodiy yo‘qotishlarga ega. Tabiatga g‘amxo‘rlik qilishni boshlash uchun halokatlar va ofatlarni kutish shart emas. Axir gap eng muhim narsa — har birimizning bugungi kundagi hayotimiz haqida bormoqda, deb yozadi iqtisodchi Behzod Hoshimov.

Chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi, ular qanchalik xavfli va mutasaddilar qanday chora ko‘rishlari zarur?
10 noyabr 2021, 10:28

Chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi, ular qanchalik xavfli va mutasaddilar qanday chora ko‘rishlari zarur?

Qum va chang bo‘ronlari qanday paydo bo‘ladi? Ular atrof-muhit, inson salomatligi va iqtisodiyotga qanday ta’sir ko‘rsatadi? Qanday ehtiyot choralariga amal qilish zarur va mutasaddilardan qanday choralarni ko‘rish talab etiladi? «Gazeta.uz» JMT, UNEP, JSST va boshqa tashkilotlar ma’lumotlari asosida mavzu yuzasidan sharh tayyorladi.

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun
5 noyabr 2021, 21:40

Fotoreportaj: Toshkentda changli tuman. Ikkinchi kun

Payshanba kuni Toshkentni qoplagan chang-qumli tuman hali ham tarqalgani yo‘q va prognozlarga ko‘ra, yaqin kunlarda ham davom etadi. “Gazeta.uz” muxbiri poytaxtning diqqatga sazovor joylaridan Prezident Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi binolari, Amir Temur haykali va boshqa joylarni suratga oldi.

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi
5 noyabr 2021, 10:44

SSV nafas qisishi bilan bog‘liq shikoyatlar soni ortganini ma’lum qildi

Sog‘liqni saqlash vazirligi «Tez yordam» xizmatiga bo‘lgan jami chaqiriqlar soni 3 noyabrdagi 3433 tadan 4 noyabrda 4082 taga yetgani, 678 kishi nafas qisishidan shikoyat qilganini bildirdi. Vazirlik aholiga changli havoda niqob taqish, allergik va astma kasalligi bor bemorlarga tashqariga chiqmaslikni tavsiya qildi.

O‘zgidromet Toshkentdagi chang-qumli tuman sababini ma’lum qildi
4 noyabr 2021, 21:11

O‘zgidromet Toshkentdagi chang-qumli tuman sababini ma’lum qildi

Kuchli shamol natijasida tuproqning juda quruq usti qatlami ko‘tarilishi payshanba kuni Toshkentda chang-qumli tuman kuzatilishiga sabab bo‘ldi. O‘zgidromet atmosfera havosidagi chang miqdori belgilangan miqdorlardan 5 barobarga oshganini ma’lum qildi.

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet
3 iyun 2021, 10:27

Toshkentdagi qurilishlar qum va changli bo‘ronning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda — O‘zgidromet

Poytaxtda may oyidan buyon kuzatilayotgan qum va changli bo‘ronlar shaharda jadal sur’atlar bilan olib borilayotgan qurilishlar sababli kelib chiqmoqda, deya xabar berdi O‘zgidromet.


"Gazeta.uz"da ro‘yxatdan o‘tish

Qo‘shimcha imkoniyatlarga ega bulish uchun saytda ro‘yxatdan o‘ting